Hozir eng zo‘r murabbiy kim?

  • 9 may, 2021, 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

90min.com  portali ayni paytda jahonning eng kuchli bosh murabbiylari reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, “Manchester Siti”ni Angliya chempionligi sari etaklayotgan va klubni tarixda ilk bor Evropa Chempionlar ligasining finaliga olib chiqqan Xosep Gvardiola dunyoning eng kuchli murabbiyi bo‘lib turibdi.

O‘tgan mavsumda “Bavariya” bilan jamoa ishtirok etgan barcha turnirlarda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Xans-Diter Flik ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Kuchli uchlikdan “Liverpul”ni 30 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylantirgan Yurgen Klopp joy olgan.

Shuningdek, eng zo‘r murabbiylar ro‘yxatiga Tomas Tuxel (“Chelsi”), Zinedin Zidan (“Real”), Antonio Konte (“Inter”), Diego Simeone (“Atletiko”), Maurisio Pochettino (PSJ), Yulian Nagelsmann (“Leyptsig”) va Brendan Rojers (“Lester”) ham kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!