
Hozircha eng zo‘ri Shomurodov ekan...
“Roma”da xuddi o‘tgan yilgi vaziyat kuzatilmoqda. Joze Mourino shogirdlari bir yil muqaddam ham mavsumni ketma-ket g‘alabalar bilan boshlab, asta-sekin derang va mag‘lubiyatlar to‘riga tushib qolgandi.
Rimliklar dastlabki to‘rtta uchrashuvda uchta g‘alaba va Turinda “Yuventus” bilan durang qayd etganidan keyin A Seriyada “Udineze”dan 0:4 va Evropa ligasida Bolgariyaning “Ludogorets” jamoasidan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Har doimgidek, Joze Mourino ko‘zlagan nuquzli sovrinlar yana sarobdek ko‘rina boshladi. O‘yinda portugaliyalik mutaxassis shakllantirgan jamoaning mudofaa salohiyati juda pastligi ko‘rinib qoldi. Mezbonlarning har ikki to‘pi Kris Smolling etakchiligidagi himoyachilarning oddiy xatolaridan keyin kiritildi.
“Roma” klubi muxlislarini faqat Eldor Shomurodovning xatti-harakati va goli biroz bo‘lsa-da ovutdi.
Futbolga ixtisoslashga https://www.calciomercato.com sayti ekspertlari eng yuqori bahoga Eldor Shomurodovni loyiq topdi.
Mile Svilar 5.5:
Ikkinchi darvozabon mavqeiga yarasha o‘yin ko‘rsatdi.
Janluka Manchini 4.5 :
Raqib futbolchisi Despodov undan har gal osonlikcha o‘tib ketdi. Himoyadan ko‘ra, oldinga intilishlari samaraliroq bo‘ldi.
Kris Smolling 4.5:
Xayoli joyi emasdek ko‘rindi. Birinchi gol kiritilgan vaziyatda havaskor futbolchilar darajasidagi xatga yo‘l qo‘ydi.
Rojer Ibanes 5:
Maydonning sifati uning o‘yiniga ta’sir qildi. Bir necha bor xato qildi.
Mehmet Zeki Chelik 5.5:
Bir necha bor oldinga o‘tdi, Despotov bilan raqobatlashdi. Karsdorp darajasida o‘ynolmadi.
Brayan Kristante 4.5:
Mahorati, jismoniy holati va g‘oyalari ish bermaganidan keyin tana harakatlarida qo‘pollik sezila boshladi.
Nemanya Matich 6:
Jamoaning asosiy motori. Har bir urinish serb orqali tashkil qilindi.
Muhammad Kamara 6:
Matichning o‘rniga 75-daqiqada o‘yinga qo‘shildi. “Roma”ning hujumlarini kuchaytira oldi. Negadir juda kech maydonga tushirildi.
Nikola Zalevski 5 :
Yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zini ko‘rsatishga ancha intildi. Lekin tajriba va mahorat bobida hali ancha g‘o‘rligi bilinib turdi.
Lorentso Pellegrini 5.5:
Etti marta gol urishga urindi. Har gal ozgina aniqlik etishmadi. Shomurodovning goliga assistentlik qildi.
Paulo Dibala 6 :
Maydonda izlanuvchanligi bilan ajralib turdi.
Andrea Belotti 5:
Sport formasi talabga javob bermayapti. To‘pni ko‘p yo‘qotdi va asabiy o‘ynadi.
Eldor Shomurodov 6.5:
Maydonga tushdi va gol urdi. Hisobni ikkinchi marta ham tenglashtirishi mumkin edi. Biroq mo‘ljaldan adashdi. Uning aktiv harakatlari mag‘lubiyatdan qutilib qolishga kamlik qildi.
Joze Mourino 5:
Shogirdlarining jarohatlanishidan qo‘rqib va himoyadagi xatolarni ko‘rib, rangi o‘chib ketdi. Uning jamoasi kutilganidek kuchli bo‘lib chiqmadi.
Shomurodov gol urganidan keyin o‘tkir fikr bildirdi!
Rasman! Shomurodovga qiziqqan murabbiy ishdan olindi!
Fikrlar