
"Humo" sardori: Muxlislarimiz oldida qarzimiz bor edi
Oliy Xokkey ligasi - Buyuk ipak yo‘li kubogi muntazam chempionatidan o‘rin olgan "Humo" hamda "Ximik" jamoalari o‘rtasidagi (3:0) o‘yindan so‘ng mezbonlar sardori Aleksandr Sherbina o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Muxlislarimiz oldida qarzimiz bor edi. Biz bir ochko qo‘lga kiritgan o‘yinlar bo‘ldi, ammo bundan qoniqish hosil qilmadik. Bugungi raqib turnir jadvalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy raqobatchimiz edi va 2 ochkoni qo‘lga kiritishmiz talab etilar edi va bunga erishdik.
Kecha "Ximik" bizdan ko‘ra kuchli o‘yin namoyish etdi deb o‘ylamayman. Omad ham yuz o‘girdi, ular minimal imkoniyatdan foydalib ketishdi. Shu bois alamli mag‘ulbiyatni qabul qilib oldik.
Men jamoa sardoriman va jamoamdagi rolimni yaxshi bilaman. 3 oydan buyon "Humo-Arena"da shayba kiritmagan edim. Umid qilamanki, bug‘iga barchasi yaxshi bo‘ladi.
Bu yil bizni qo‘llab-quvvatlab, arenani to‘ldirib o‘tirgan muxlislarimizga raxmat aytaman va ularni kirib kelajak yangi, 2020 yil bilan tabriklab qolaman", - dedi Sherbina.
Eslatib o‘tamiz, Sherbina so‘nggi bor "Humo-Arena"da 13 sentyabr sanasida "Bars"ga qarshi (3:2) bellashuvda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgan edi.
Fikrlar