"Humo" xokkeychilari maosh olishmadi

Toshkentning "Humo" xokkey klubi xokkeychilar va ishchi-xodimlardan qarzdorlikka ega. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

"Humo"ga homiylik qiluvchi kompaniya hech qachon aldab ketgan emas. Maoshlar kechikishi mavjud, ammo ular albatta to‘lashadi. Kechikish mart oyiga tegishli", - deya klub xodimining so‘zini keltirib o‘tdi TASS axborot agentligi.

Eslatib o‘tamiz, kecha "qanotlilar" 2020-2021 yilgi mavsum Oliy xokkey ligasida (VXL) ishtirok etmasligin e’lon qilgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!