
Humoyun To‘xtamurodov UFC yulduzlari bilan mashg‘ulot qilmoqda (Foto)
Xabaringiz bor, bir qator o‘zbekistonlik yakkakurash ustalari Tailandning Pxuket shahrida, butunjahonga mashhur "Tigers Muay Thai" klubida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishmoqda. Ular orasida MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov ham bor va ayni vaqtda navbatdagi jangiga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda.
Biz ushbu sportchimiz bilan bog‘lanib, Pxuketdagi tayyorgarlik jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Ayni kunda Tailanddamiz va bu erda "Tigers Muay Thai" klubida mashg‘ulotlar olib bormoqdamiz. Bu klub haqida to‘htaladigan bo‘lsam, jahonning eng kuchli jangchilari ham shu erda jangga mashg‘ulot "kemping"ini o‘tashadi. Hozir ham biz bilan birga Pyotr Yan, Hamzat Chimaev va ko‘plab UFC jangchilari shug‘ullanishmoqda. Ular bilan birgalikda sparringlarda ishtirok etmoqdamiz. Allohga shukr, kuchli jangchilardan kerakli tajribani olib, yanada yuqori jismoniy holatga chiqmoqdaman. Tez orada navbatdagi jangim va raqibim ma’lum bo‘ladi. Hozircha, bu borada aniq bir fikrni ayta olmayman. Hammasi 100 foizga aniq bo‘lganidan so‘ng, gapirish to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Qisqa qilib aytganda, jiddiy janglarda oktagonga ko‘tarilish niyatidaman.
Fikrlar