Husanov – “Siti”dagi hech kimda yo‘q uch sifatga ega yagona futbolchi!

  • 2 sentabr, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning butun dunyodagi muxlislari hali hamon jamoa Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini muvaffaqiyatsiz boshlaganini muhokama qilyapti.

Tecno

Ekspertlar qolib, futbol ishqibozlari ham Xosep Gvardiolaning o‘yinchi tanlash uslubini tanqib ostiga olmoqda. Bunga boy berilgan uchrashuvlarda ayrim futbolchilarning qo‘pol xatolari golga olib kelgani sabab bo‘lyapti.

Shuningdek, “shaharliklar”ni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan fanatlar orasida “Brayton”ga qarshi faol o‘ynagan Abduqodir Husanovga ko‘proq imkoniyat berilishini talab qilayotganlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Sports.uz portali xorijlik futbol ishqibozlarining Abduqodir Husanov va uning o‘yini bo‘yicha fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etadi.

Jack Makau:

Men futbol murabbiyi sifatida fikr bildiraman, himoya markazida bundan keyin Ruben Dias va Abduqodir Husanovni o‘ynatish lozim.

Hamisi Gari:

Himoya markazida Stounz va Gvardiol, o‘ng qanotda Husanov,  chap tomonda Rayan Ayt-Nuri tushsin.

Othniel Welldone Chadiwa:

Husanov “Brayton”ga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

Mnganga Shzz:

Husanovni o‘ynataveringlar, muammolarimizni aynan shu futbolchi hal qiladi.

Angel Jerome Kwame:

Husanov va Trafford qalbimdan joy oldi.

Uzu Ibeabuchi:

Husanov hozirgi paytda biz muxlislarga umid bag‘ishlayotgan yagona futbolchi.

Wíññíé Khayleb:

Husanov shiddat bilan borini berib o‘ynadi.

Gordon Nixon:

Husanov har hafta asosiy tarkibda o‘ynashi kerak. Chunki tempi yuqori bo‘lgan o‘yinchi faqatgina Abduqodir xolos.

Robert Smith:

Husanov jamoa kelajagi.

Anning Paul:

Husanov fantastik futbolchi va u Kayl Uokerning o‘rnini bosa oladigan darajadagi o‘yinchi.

Ahouo Armel Kevin:

“Manchester Siti” himoyasining xavfsizligini faqat Husanov va Gvardiol ta’minlay oladi.

Pancho Morris:

Husanovga salomatlik tilaymiz. Jamoada Husanov, Xoland, Rodri va Marmushdan boshqa hamma juda bo‘sh o‘ynadi.

Quoyum Olalekan:

Husanov juda zo‘r futbolchi, nega Pep unga haligacha to‘liq ishonch bildirmayapti?

Pundit Jay:

“Manchester Siti” o‘yin tempi, shiddati va qudrati bilan bog‘liq muammolarni hali ham bartaraf etolmaganidan hayronman. Jamoada mana shu uch sifatga ega yagona futbolchi bu Abduqodir Husanovdir!

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safiga 2025 yilning 20 yanvarida qo‘shilgan. “Shaharliklar” o‘zbek futbolchisi uchun Frantsiyaning “Lans” klubiga 40 million evro miqdorida badal puli to‘ladi.

21 yoshli futbolchimiz “Lans” tarixidagi eng qimmat transfer egasi hisoblanadi. Nufuzli manba – transfermarkt.world portali ekspertlari Husanovni 35 million evroga baholamoqda. Abduqodir Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisidir.

Husanov haqida xunuk xabar. Abduqodir terma jamoaga kelmaydi

Husanovsiz himoya rasvo bo‘ladi!

Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?

Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?

“Manchester Siti” fanatlarining Husanovga munosabati qanday?

Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda

 

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mr. Azimov
03/09/2025 01:16
O‘zi chet elliklarning fikrlarini faqat Man city ni afrikaliklar fan klub sahifasidan o‘qish mumkin bo‘lib qoldi. Boshqa sahifalarda faqat o‘zbeklar fikri bilan to‘ladi