Husanov – terma jamoada!

  • 10.09.2025 17:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

 

Osiyo mamlakatlaridan etishib chiqqan futbolchilar orasida Evropaning kuchli ligalarida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan charm to‘p ustalari safi ham kengayib bormoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov 2025 yilning 20 yanvarida Frantsiyaning “Lans” klubidan Angliyaning “Manchester Siti” jamoasiga ko‘chib o‘tgani yilning eng shov-shuvli transferlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Bugungi kunda 21 yoshli himoyachimiz jahon futbolida eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biriga aylangan Xosep Gvardiolaning ishonchini oqlashga harakat qilyapti.

“Manchester Siti”da tarkibni qisqartirish siyosati avjiga chiqqan pallada ispaniyalik mutaxassis yangi mavsum uchun Abduqodirni jamoada olib qolgani legionerimiz “shaharliklar”ning muhim o‘yinchisiga aylanayotganidan dalolat beradi.

Futbol olamida yuqori nufuzga ega manba – score90.com sayti ekspertlari barcha qit’alarning eng mashhur yulduzlaridan iborat ramziy terma jamoalarni tuzib chiqmoqda.

Ushbu sayt mutaxassislar Osiyo futbol konfederatsiyasiga a’zo davlatlarning eng kuchli charm to‘p ustalaridan tarkib topgan ramziy jamoaga Abduqodir Husanovni ham kiritdi.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu tarkibda faqatgina uch mamlakat – Yaponiya, Janubiy Koreya hamda O‘zbekiston futboli tarbiyalanuvchilarini ko‘rish mumkin.

Demak, score90.com sayti talqiniga ko‘ra, Osiyoning eng kuchli futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa quyidagi ko‘rinish oldi.

Darvozabon:

Sion Suzuki – “Parma”, 20 million evro, Yaponiya

Himoyachilar:

Xiroki Ito – “Bavariya”, 25 million evro, Yaponiya

Min Jay Kim – “Bavariya”, 40 million evro, Janubiy Koreya

Abduqodir Husanov – “Manchester Siti”, 35 million evro, O‘zbekiston

Takexiro Tomiyasu – “Arsenal London”, 18 million evro, Yaponiya

Yarim himoyachilar:

Rittsu Doan – “Ayntraxt”, 25 million evro, Yaponiya

Vataru Endo – “Liverpul”, 8 million evro, Yaponiya

Kan In Li – “Pari  Sen-Jermen”, 25 million evro, Janubiy Koreya

Hujumchilar:

Kaoru Mitoma – “Brayton”, 40 million evro, Yaponiya

Son Xyon Min – “Los Anjeles”, 20 million evro, Janubiy Koreya

Takefuso Kubo – “Real Sosedad”, 30 million evro, Yaponiya

O‘zbekiston milliy terma jamoasini markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov professional faoliyati davomida Belarusning “Energetik-BGU”, Frantsiyaning “Lans” va Angliyaning “Manchester Siti” jamoalari sharafini himoya qilgan. Abduqodir “top-5” tarkibiga kiruvchi ikkita ligada o‘ynagan yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi.

Husanov Xolandni “Real”ga kuzatib qo‘yadi...

Mbappe Husanovning jamoasini tilga oldi

Gvardiola Husanov yordamida Amorimga syurpriz tayyorlayapti!

Xoland avtobusga urildi

Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

Tezkor: Husanovning ahvoli bo‘yicha ma’lumot chiqdi!

Husanovda ayb yo‘q!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!