Husanov Angliya kubogi tarixiga kirdi!

  • 8 fevral, 20:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya kubogining 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Leyton Orient" - "Manchester Siti" bahsi o‘zbek futbolchi uchun tarixiy o‘yinlardan biri bo‘ldi.

Mazkur bellashuvda "Siti" Husanov va De Bryuynening gollari evaziga kambek amalga  oshirgan holda g‘alabani qo‘lga kiritdi.

APL tarixiga ilk o‘zbek futbolchisi sifatida kirgan Abduqodir Husanov uchun mazkur bellashuv ajoyib tarzda o‘tdi. Legionerimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshlamagan bo‘lsa-da, jamoa murabbiyi Gvardiola ikkinchi bo‘limda himoyachiga imkon berdi. Husanov ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan holda 56-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni tenglashtirdi. 

Shu tariqa, Abduqodir Husanov Angliya kubogi tarixiga turnir doirasidagi bahslarda gol urgan ilk o‘zbek futbolchi sifatida kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!