
Husanov jahon darajasidagi zo‘r hujumchini “sindirdi”!
Buyuk Britaniya futbol jamoatchiligi Angliyaning amaldagi chempioni – “Manchester Siti”ning qishki transferlarini muhokama qilishda davom etmoqda.
Xususan, klubning rasmiy sayti – mancity.com “Matchday Live” loyihasi orqali mashhur ekspertlar Sem Ellardays va Endi Morrisonning “Nyukasl” bilan bo‘lgan g‘alabali uchrashuvdagi Abduqodir Husanov, Umar Marmush va Niko Gonsalesning jamoa o‘yini va natijalariga qanday ta’sir o‘tkazayotgani haqidagi tahlillari natijalari tarqatdi.
Sports.uz portali taniqli mutaxassislarning xulosalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.
Sem Ellardays Umar Marmush haqida:
Yanvar oyida kelgan futbolchining darrov jamoaga kirishib ketishi va bitta uchrashuvga bu darajada ta’sir o‘tkazganiga hozirgacha kimdir guvoh bo‘lgan, deb o‘ylamayman.
Men murabbiylik qilgan davrda jamoamga kelgan aksariyat o‘yinchilar Premer-liga tempiga, jismoniy talablarga moslashib olishga bor kuchlari bilan harakat qilardi, biroq ular bosh murabbiyga o‘z sifatlarini namoyish qilishlari uchun kamida keyingi mavsumgacha vaqt zarur bo‘lardi.
Shuning uchun ham bu ishlarni tez bajarish, katta iste’dodini darrov ko‘rsata olish va har qanday qiyinchiliklarni engib o‘tish – juda katta gap. Umar Marmush jamoaga kelgan chog‘idayoq Erling Xoland bilan mustahkam aloqa o‘rana oldi.
“Nyukasl” darvozasiga 33 daqiqada urilgan uchta gol, bu yigitning kelajagi uchun ham juda foydali bo‘ladi.
Endi Morrison Abduqodir Husanov haqida:
“Nyukasl” bilan bo‘lgan bahsda Jon Stounz bilan himoya markazidan joy olgan va yuqori sport formasida bo‘lgan raqib hujumchisi Aleksander Isaakning harakatlarini to‘liq nazorat qilgan Abduqodir Husanov hammani hayratga soldi.
Raqib futbolchilari undan qochib qutila olmadi.
Biz Sem Ellardays bilan birga o‘zbek futbolchisining katta tezlikda 40 yard masofadan ortga qaytagi va Isaakka etib olgani va unga o‘yin bermaganini ko‘rib, bir-birimizga qarab, hayratdan yoqa ushlab qoldik.
Abduqodir katta jamoaga va Isaak singari jahonning eng zo‘r hujumchilaridan biriga qarshi juda ishonchli o‘ynab, o‘zining yuqori darajasiga qaytayotganini ko‘rsatdi.
Husanovning keyin uchrashuvlardagi o‘yini debyut o‘yinining startidagi omadsiz vaziyatlarga fantastik javob bo‘ldi. Aksariyat hollarda bunaqa debyut o‘yinchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirib qo‘yadi.
Husanovning faoliyatida bir “portlash” bo‘ldi, lekin u bu qiyinchiliklarni engib o‘ta oldi. Abduqodir uchun xursandmiz.
Sem Ellerdays Niko Gonsales haqida:
Niko Gonsales maydon markazidan joy oldi va butun yarim himoyani yuqori darajada boshqardi. Uning o‘yinga qo‘shayotgan hissasi, o‘yinni o‘qiy olish qobiliyati, to‘pni egallab olishi juda yorqin chiqdi va hammaning e’tiborini qozondi.
Ishoning, Premer-ligaga kelishi bilan yuqori darajada o‘ynab kelish har kimning ham qo‘lidan keladigan ish emas.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” qishki transferlar qaytida to‘rtta transfer uchun 200 million evrodan ortiq pul sarfladi. Xususan, “shaharliklar” yanvarda “Lans”dan Abduqodir Husanovni 40 million, “Portu”dan Niko Gonsalesni 60 million, “Aytraxt”dan Umar Marmushni 75 million, “Palmeyras”dan Vitor Reysni 37 million evroga transfer qildi.
Fikrlar