Husanov jamoasi “Roma”ga o‘yinchi bermadi

  • 08.08.2025 10:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida tarkibini tartibga solishga harakat qilmoqda. “Shaharliklar” asosiy jamoaga kirishga qiynalayotgan ayrim yosh o‘yinchilarni ijaraga jo‘natmoqda.

“Roma” klubi manchesterliklarning iqtidorli yosh o‘yinchisi Klaudio Echeverriga og‘iz soldi.

Jurnalist Sesar Luis Merloning ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” 19 yoshli hujumkor futbolchisini Rimga jo‘natishdan bosh tortdi.

Italiya klubi inglizlardan Echeverrini keyinchalik 33 million evroga sotib olish majburiyati bilan bir mavsum ijaraga berishni so‘radi. “Roma” mutasaddilari “Manchester Siti”ga futbolchini qayta sotib olish huquqini qoldirishini kafolatlagan bo‘lsa-da, bu savdo “shaharliklar”ga ma’qul kelmadi.

“Manchester Siti” argentinalik iste’dodni 2024 yilning qishida “River Pleyt”dan transfer qilgan edi. Echeverri bir yil davomida qadrdon jamoasida to‘p tepib, 2025 yilning yanvarida Angliyaga keldi.

Klaudio Echeverri Xosep Gvardiola qo‘l ostida hozircha uchta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!