Husanov ketma-ket ikkinchi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

  • 10.01.2026 10:58
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Angliya kubogining 1/32 final bosqichida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Ekseter Siti" jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan bir qator nashrlar ehtimoliy tarkiblarni e’lon qildi.

SportsMole nashriga ko‘ra, Xosep Gvardiola mazkur o‘yinni asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berish uchun yaxshi imkoniyat deb hisoblamoqda. Shuningdek, akademiyaning bir qator yosh iqtidorlari maydonga tushirilishi mumkin. Manbada Abduqodir Husanovning ham zahirada qoldirilishi taxmin qilingan.

SportsMole versiyasi: Trafford, Lyuis, Mfuni, Alleyn, Neylor, Grey, J. Heski, Makeydu, Cherki, R. Heski, Mukasa.

Biroq "Manchester Siti" faoliyatini yoritib boruvchi CityXtra sayti bugungi uchrashuvda Husanov asosiy tarkibdan joy olishini yozmoqda.

CityXtra versiyasi: Trafford, Lyuis, Husanov, Alleyn, Ake, Niko, Reynders, Bernardu, Cherki, Mukasa, Doku.

Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!