Husanov "Lans" muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘olib bo‘ldi

  • 11 yanvar, 2024, 16:42
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ushbu yozda "Lans" klubiga ko‘chib o‘tgan Abduqodir Husanov ayni paytda Osiyo kubogida ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shilgan. Himoyachimiz lansliklar tarkibida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsada, yaxshi taassurot qoldira oldi va yarim yil ichida klub muxlislarining mehrini qozonib bo‘ldi. 

"Lensois.com" nashri klub muxlislaridan Afrika va Osiyo kubogiga yo‘l olgan futbolchilar orasidan kimni ko‘proq sog‘inib qolishlari borasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ovoz natijalari bilan quyida tanishing.

Abduqodir Husanov - 43,86%

Abdul Samed - 25,2%

Nampalis Mendi - 24,8%

Morgan Gilavogi - 3,52%

Oskar Kartes - 2,61%

Rasm

Shu tariqa, Husanov deyarli ikki barobar ko‘proq ovoz to‘plab, so‘rovnomada g‘olib chiqdi. U ushbu mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushgan Samed, 21 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol urgan Gilavogini ortda qoldirdi. 

Ma’lumot uchun, Abduqodir mazkur mavsumda "Lans" tarkibida 7 ta uchrashuvda o‘yinga tushdi. Shuni ham ta’kidlash kerak, 19 yoshli futbolchi faqatgina so‘nggi turlarda tarkibdagi asosiy himoyachilar safdan chiqqanligi uchun boshlang‘ich tarkiblarda maydonga tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998883198592
11/01/2024 16:47
Купрок кизлар овоз берган булса керак
Farhod Mahmaraimov
11/01/2024 20:40
йўғэ ўзи яхши йигит бу бола