
Husanovni so‘rayotgan klublar bor, lekin...
Abduqodir Husanovning kelajagi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Boshlanayotgan mavsum O‘zbekiston milliy terma jamoasining har bir o‘yinchisi kabi 21 yoshli markaziy himoyachimiz uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘sh, AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga ulanib ketadigan mavsumda “Manchester Siti” o‘zbek futbolchisiga o‘yin amaliyoti beradimi? Yoki Husanov boshqa klubga ijaraga o‘tgani ma’qulmi?
Bu masalani Angliya futbolini yoritayotgan manbalar ham muhokama qilmoqda. Sports.uz portali ana shunday tahlillardan birini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.
Oldinga o‘tib aytish joizki, “Manchester Siti” o‘zbek futbolchisining kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelib bo‘lgan. Husanovni ijaraga berish masalasi muhokama qilinganiga qaramay, Xosep Gvardiola uni yangi mavsum uchun jamoada qoldirdi.
“Shaharliklar” yosh o‘yinchining salohiyatini hisobga olib, yaqin kelajakda asosiy tarkibning muqim va muhim a’zosiga aylanishiga ishonch bildiryapti. O‘tgan mavsum unga kam imkoniyat berilgan bo‘lsa-da, Xosep Gvardiola va uning qo‘l ostidagi murabbiylar o‘zbek legioneri o‘zi maydonga tushgan uchrashuvlarda namoyish qilgan jismoniy ko‘rsatkichlari va texnik xarakteristikasini yuqori baholadi.
ESTEEMEDKOMPANY.COM portalining yozishicha, “Manchester Siti” yangi mavsumda Husanovdan rotatsiya o‘yinchisi sifatida foydalanib, unga milliy kubok turnirlari va Angliya Premer-ligasining ayrim uchrashuvlarida o‘yin amaliyoti taqdim qilishni rejalashtirmoqda.
Bunday yondashuv klub Husanovning salohiyatiga suyanishi va uni jamoa ichidagi jiddiy raqobat fonida rivojlantirish, milliy va Evropa miqyosidagi turnirlarga tayyorlab borishidan dalolat beradi.
Garchi ayrim ommaviy axborot vositalarida jamoa himoya chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar qilinishi va buning ortidan Abduqodir ijaraga ketishi mumkinligi aytilgan bo‘lsa ham, klubning hozirgi pozitsiyasi murabbiylar hozirdan Husanovga ishonch bildirishini ko‘rsatdi.
“Manchester Siti”ga yuqori salohiyatli yosh o‘yinchi sifatida olib kelingan Abduqodir Husanov o‘tgan mavsumda bir necha ajoyib o‘yinlar o‘tkazdi va unga nisbatan klub rahbariyatida ishonch paydo bo‘ldi.
Xosep Gvardiola himoya markazini qayta tashkil qiladi. Bu jarayonda ayrim o‘yinchilar joyini yo‘qotadi. Vitor Reys tajriba oshirish uchun “Jirona”ga ijaraga berilishi aytilyapti. Manuel Akanji va Don Stounzning kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi.
Nufuzli manba – Manchester Evening News nashri ham Abduqodir Husanovga boshqa klublardan qiziqish ortib borayotgani, biroq “Manchester Siti” o‘zbekistonlik himoyachini jamoada olib qolishini tasdiqladi.
Shunday bo‘lsa-da, Husanovning kelajagi faqat o‘zining qo‘lida. Ko‘p narsa himoyachi mavsum davomida mashg‘ulotlarda qanday ishlashi, uchrashuvlarda o‘ziga berilgan imkoniyatdan qay darajada foydalanishiga bog‘liq.
Klub Husanovning jamoada yanada muhim vazifalarni o‘z zimmasiga olish yo‘lidagi tayyorgarligini kuzatib boradi va shu bilan birga uning yuqori darajadagi ijrochiga aylantirishga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining birinchi tur uchrashuvini 16 avgust kuni safarda “Vurverxempton”ga qarshi o‘tkazadi.
Husanov, do‘stingni tabriklab qo‘y!
Hammasi tugadi! Husanovning ustozidan noxush xabar
Fayzullaev nega Evrokuboklarda o‘ynamayapti?
Gvardiola Husanov “g‘ajib tashlagan” yulduzni olib kelmoqchi
Fikrlar