Husanovning jamoasidan qo‘rq!

  • 22 avgust, 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining dastlabki turidan keyin  mutaxassislar, ekspertlar va tahlilchilar yangi mavsumda qaysi jamoalarning chempionlik uchun imkoniyati qanday ekanini tahlil qilib chiqmoqda.

Tecno

Aksariyat manbalar sovrin uchun asosan “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Arsenal” da’vogarlik qilishiga ishonch bildiryapti. Chunki bu jamoalar tarkib jihatidan ham, o‘yin uslubi tomonidan ham qolganlarga qaraganda ancha yaxshi shakllangani namoyon bo‘lmoqda.

Sky Sports kanalida ekspert bo‘lib ishlayotgan “Liverpul”ning mashhur sobiq futbolchisi Jeymi Karrager amaldagi chempion “Liverpul”ni unvonini saqlab qolishda “Manchester Siti”dan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Ta’kidlash joizki, ketma-ket to‘rt marotaba Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan “Manchester Siti” jamoa o‘yinidagi inqiroz oqibatida mavsumni sovrinsiz yakunlagan, “Liverpul” esa, Angliya Premer-ligasi g‘olibligini ilib ketgandi.

Garchi “Liverpul” chempionatda “shaharliklar”dan 13 ochkoga ilgarilab ketgan bo‘lsa-da, Jeymi Karrager manchesterliklar ustozi mavsum oxirida jamoasi o‘yinini tartibga sola olganini va yagi mavsumdagi jangovar o‘yinlar syurpriz emasligini e’tirof etdi.

- “Liverpul” har doim “Manchester Siti”dan cho‘chiydi. “Siti” darajasiga zid bo‘lgan o‘tgan va “shaharliklar” ancha zaif o‘ynagan avvalgi chempionatda ham, Gvardiola shogirdlari ikkinchi o‘rinni ilib ketishga juda yaqin edi.

Chempionat oxiriga yaqin ular juda zo‘r o‘yin namoyish qildi. Pep Gvardiola esa, futbol olami ko‘rgan eng muvaffaqiyatli murabbiydir.

Gvardiola hech qachon ikkinchi yoki uchinchi o‘rin bilan qoniqmaydi. Shu bois, men yu ga rozi bo‘lmadi. Shuning uchun ham liverpulliklarga asosiy raqobatchi sifatida “Manchester Siti”ni ko‘ryapman. “Liverpul” vakillari uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i chalinib bo‘ldi.

“Manchester Siti”ni hisobdan chiqargan yoki bu jamoaning davri o‘tdi, deganlar hali  “shaharliklar” chempionlik poygasida qatnashishiga amin bo‘ladi, - dedi Sky Sports tahlilchisi Jeymi Karrager.

Qaysarligim tufayli “Arsenal”ni tanlayman, lekin “Siti” chempion bo‘ladi!

“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi va sardori Gari Nevill Angliya Premer-ligasining 2025-2026 yilgi mavsumida qaysi jamoa bosh sorvinni qo‘lga kiritishi haqidagi savolga javob berdi.

- Men “Arsenal”ni tanlayman. Bu shunchaki, qaysarligimdan kelib chiqqan tanlov. Aslida esa, “Manchester Siti” chempirn bo‘ladi, deb hisoblayman, - dedi Gari Nevill.

Ta’kidlash lozimki, “Manchester Siti” Angliya futboli tarixida birinchi bor ketma-ket to‘rt yil chempion bo‘lganidan keyin, o‘tgan mavsum bosh sovrinni “Liverpul”ga boy berdi. Biroq aksariyat mutaxassislar Xosep Gvardiola transferlar orqali yana jamoasini jangovar holatga keltirib olganini e’tirof etyapti.

Futbol tahlilchilarining ko‘pchiligi yangi mavsumda chempionlikka asosan “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Arsenal” da’vogarlik qilishini ta’kidlayapti.

Edersonning transferi o‘xshamayapti

“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Ederson Moraesni Turkiyaning eng qudratli klubi “Galatasaroy”ga bermayapti.

Braziliyalik darvozabonni so‘rab, “shaharliklar”ga 10 million evro badal puli taklif qilgan turklar hali ham maqsadiga eta olmadi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, manchesterliklar tajribali golkiper transferi uchun 25 million evro talab qilyapti.

Yana bir taniqli insayder Florian Plettenbergning yozishicha, turklar “Manchester Siti” darvozabonini uzoq kuta olmaydi. Ayni paytda istanbulliklar zaxira varianti sifatida “Portu” darvozaboni Diegu Koshtani olish variantini o‘rganib chiqyapti.

Manbaga ko‘ra, “Galatasaroy” portugaliyaliklar birinchi taklifni ham yuborishga ulgurdi. Ular 25 yoshli darvozabon uchun 20 million evro va qo‘shimcha bonuslar va’da qilyapti.

Transfermarkt portali ekspertlari Diogu Koshtani 40 million evroga baholagan.

“Siti” transfer uchun narxning yarmini to‘laydi

“Pari Sen-Jermen” darvozaboni Janluiji Donnarumma hali bir yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay, Parijni tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi.

Nufuzli manbalar italiyalik golkiper faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishini ta’kidlamoqda.

PSJ rahbariyati bir yillik shartnomasi qolgan o‘yinchi uchun xaridor klublar, xususan, “Siti” vakillaridan 45-50 million evro badal puli talab qildi.

Biroq jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lum qilishicha, manchesterliklar Donnarummani bu narxga olmasligini uqtirgan. O‘tkazilgan muzokaralar natijasida “Manchester Siti” talab qilingan narxning yarmini to‘laydigan bo‘ldi.

PSJ mutasaddilar katta maosh oladigan futbolchi kelasi mavsum erkin agent maqomida bepul ketib qolmasligi uchun bu yoz kirgan narxiga sotib yuborishni ma’qul ko‘rmoqda.

Gvardiola Husanov va boshqa shogirdlarini xursand qildi
Tezkor: Fayzullaevdan xushxabar!
Husanov, o‘ynashni shu yulduzlardan o‘rgan! Dunyoning eng zo‘r markaziy himoyachisi aniqlandi
Qoch, Fayzullaev kelyapti!

Husanov “boyvachchalar” qatoriga qo‘shildi

Husanov o‘ynagan uchrashuvda Gvardiola nimalar yoqmaganini aytdi!

Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!