
Husanovning sherigi va raqobatchisi uzoq muddat o‘ynolmaydi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Real” bilan Madriddagi uchrashuvning boshidayoq jarohat olgan Jon Stounzning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
Ispaniyalik mutaxassis himoya markazida Abduqodir Husanov va Jon Stounxz tandemini shakllantirayotgan, bu futbolchilar bir birini yaxshi tushunib o‘ynab kelayotgan edi.
Biroq og‘ir jarohat tufayli Jon Stouns o‘zbek legioneri bilan muayyan muddat elkama-elka o‘ynay olmaydigan bo‘ldi.
- Jon Stounz operatsiya qilinmaydigan bo‘ldi. Shu holatda ham o‘n oygacha maydonga tusha olmaydi, - dedi Xosep Gvardiola.
Jon Stounz joriy mavsumda barcha turnirlarda 20 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalash bilan birga uchta gol va ikkita assist qayd etgandi. Uning klub shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi.
Fikrlar