
IBF reytingi yangilandi. Shahram G‘iyosov yangi vazn Top 15ligida
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o‘zining yangi reytingini e’lon qildi.
Yarim o‘rta vazn toifasiga (66,6 kg) o‘tib, IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov ushbu reytingning 9-pog‘onasiga joylashtirildi.
Super engil vazn toifasida (63,5 kg) faoliyatini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev hamon 4-o‘rinni saqlab qolmoqda.
Birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev yo‘nalish chempionlik pozitsiyasini band qilib turibdi.
Ushbu reytingda boshqa o‘zbek bokschilari qayd etilmagan.
Fikrlar