Ibragimovich Meksika terma jamoasining JAR ustidan g‘alabasiga qisqacha munosabat berdi
Kataloniyaning mashhur «Barselona» klubi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Jahon chempionati ochilish bahsida Meksika terma jamoasining ustidan qozongan g‘alabasiga qisqa izoh berdi.
«Men Meksika uchun juda xursandman», — deya Ibragimovichning so‘zlarini keltiradi Fox Sports.
Eslatib o‘tamiz, Meksika terma jamoasi Janubiy Afrikani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba gollarini Xulian Kinyones va Raul Ximenes urdi. Uchrashuv keskin kurashlar bilan o‘tdi. Afrikaliklar tarkibida ikki futbolchi maydondan chetlatildi, Meksika safida esa «Lokomotiv» himoyachisi Sesar Montes 92-daqiqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Fikrlar