
Ibragimovich qaerda qulay ekanligini aytdi
Forvard Zlatan Ibragimovich "Milan" ekanligidan baxtiyorligini ta’kidlab o‘tdi.
"Men ko‘plab klublarda to‘p tepdim va ularning barchasiga hurmat bilan yondashaman. O‘zim o‘ynagan jamoalarning har biridan o‘ziga xos xotiralar qolgan, ammo "Milan"da o‘zimni uyimdagidek his qilaman.
Har tongda Milanelloga boraman va uyga qaytishga shoshilmayman, chunki shundoq ham uyda o‘tirgandek bo‘laman. Men buni 2010 yilda ilk bor Milanga kelganimdayoq, his etganman.
Galliani, Berluskoni va umuman kimlar ishlagan bo‘lsa, barchasining davrida ajoyib muhit bo‘lgan, ular doim o‘zingizni uydagidek his qilishingizga sharoit yaratib bergan.
Menga bu yoqar edi, men dunyoning eng katta klublaridan birida edim. Mana nima uchun menga "Milan" eng yaxshisi," - dedi Ibragimovich.
Fikrlar