Ibragimovichni operatsiya qilishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sky Sports ning Twitter dagi sahifasi tarqatgan xabarga ko‘ra “Manchester Yunayted” hujumchisi Zlatan Ibragimovich tizzasini muvaffaqiyatli operatsiya qildirgan.

Shvetsiyalik futbolchi Evropa ligasi chorak final bahsida “Anderlext”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Uni aqshlik eng mashxur tizza sohasidagi jarrohlaridan biri Freddi Fu operatsiya qilishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Zlatan ushbu mavsum Premer ligada 28 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol kiritgan va 5 ta assistentlikni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!