Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning jamoasi mag‘lub bo‘ldi
Mavsumning ikkinchi yarmiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan “Nijniy Novgorod” jamoasi bugun “Krilya Sovetov”ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi. Jamoalarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra 3 taym davom etgan uchrashuvda samaraliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Nijniy Novgorod” safida bellashuvni asosiy tarkibda boshladi. Jamoa o‘zining navbatdagi bahsini 9 fevral kuni Estoniyaning “Levadiya” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar