Ignatiy Nesterov "Lokomotiv"ni tark etdi. Tajribali darvozabon boshqa klubda shug‘ullanmoqda

  • 08.08.2020 14:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

"Lokomotiv" klubining tajribali darvozaboni Ignatiy Nesterov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. 

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Nesterov "temiryo‘lchilar"ni tark etgan. Posbon ayni paytda "Qizilqum" klubida shug‘ullanmoqda va mavsumning qolgan qismini navoiyliklar safida o‘tkazishi kutilmoqda.

Shuningdek, "Qizilqum" tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu borada klub bir nechta futbolchilarga qiziqish bildirmoqda va yaqin orada ular haqida ma’lumot beramiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
НАЙДЁТСЯ ВСЁ!
08/08/2020 17:43
Несерев барибир узбекистоннинг н¹ дарвозабони бопколади Бир умр