Igor Sergeev "Paxtakor"ning Osiyo klublar turnirlaridagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirib oldi

  • 08.05.2019 16:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor "Paxtakor" 6 may kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turida o‘z maydonida "Persepolis"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu kuni "sherlar"ga g‘alaba keltirgan yagona golga Igor Sergeev mualliflik qildi. E’tiborlisi, 26 yoshli hujumchi shu tariqa "Paxtakor" safida Chempionlar ligasida urgan gollari sonini 9 taga etkazib oldi va bu borada jamoa tarixida Osiyo klublar turnirlaridagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni damda Igordan yuqorida faqatgina Leonid Koshelev (11ta) va Zayniddin Tojiev (13ta) bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!