Iguain “Tottenxem”ga qarshi o‘ynay oladi, Manjukich esa…

Turinning “Yuventus” klubi EChL 1/8 final bosqichi doirasida “Tottenxem”ga qarshi kechadigan javob o‘yini uchun Londonga kelgan 21 futbolchining nomini ma’lum qildi.

U erda jarohati bois, “Yuventus”ning “Latsio” (1:0)ga qarshi kechgan bahsini o‘tkazib yuborgan Gonsalo Iguain bor ekanligini ko‘rish mumkin.

O‘sha uchrashuvda o‘ynamagan yana bir futbolchi – Mario Manjukich esa Londonga kelmagan.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem” – “Yuventus” o‘yini ertaga bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!