Ikki APL grandi Levandovski uchun kurashadi
Polshalik hujumchi Robert Levandovski "Bavariya"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Fichajes.com" nashri xabar bermoqda.
33 yoshli goleadorning Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. Futbolchi o‘zini yangi chempionatida sinab ko‘rishni istamoqda. 2022 yil yozgi transferlar oynasida "Chelsi" va "Manchester Yunayted" Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Levandovski joriy mavsumda "Bavariya" va Polsha terma jamoasi safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Robert 2021/22 yilgi mavsum "kuchli beshlik"da eng ko‘p gol urgan futbolchi sanaladi.

Fikrlar