Ikki hakam O‘zbekiston Superligasi bahslaridan chetlatildi

  • 31 avgust, 2020, 18:09
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasining O‘zbekiston Superligasi 13-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bayonnomasiga binoan ikki nafar hakam chetlatildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Buxoro" – "AGMK" uchrashuvida ishlagan Vadim Agishevning harakatlari boshqarma tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi. Bir necha vaziyatlarda Agishev jiddiy hatoga yo‘l qo‘ygani va o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yuborgani aniqlandi. Shu sababli, unga Superliga o‘yinlaridan chetlatilish intizomiy jazosi belgilandi.

29.08.2020 Bukhara 2-2 AGMK (35)

Shuningdek, "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" o‘yini bosh hakami Viktor Serazetdinovning ishida ham jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Uning o‘yin davomida yo‘l qo‘ygan hatolari bevosita natijaga ta’sir qildi. Serazetdinovga nisbatan Superligadan chetlatilish va quyi ligaga tushirib yuborish intizomiy jazosi tayinlandi.

28.08.2020 Navbahor 0-1 Kokand (5)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
01/09/2020 12:18
Бу судяларни инсоф йук агар бир уйинга оладигон пулини айтилса буларни деворни тагига куйиш керак дейди халк.Хайдаров жаноблари жуда яхши билади
Рашид Хожаханов
01/09/2020 07:16
Узбекистонда бунаканги судялар боракан футбол ривожланмайди. Хозирги вактга келиб Узбекистонда футболда карупция очик ойдин борлигини хамма билади.
&
Fk navbahor
31/08/2020 19:52
Shu xalosmi bulari yoqotgan achkolarichi qaytarip berilmaydimi