Ikki nafar yurtdoshimiz boks ligasida ishtirok etadi
2-8 yanvar kunlari Rossiyaning Sochi shahridagi boks musobaqasida to‘rt nafar rossiyalik taniqli bokschilar o‘z jamoalarini to‘plashadi. Jang kechasi "Match TV” telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 10 million rublni tashkil qiladi.
Jamoalarga taniqli rossiyalik bokschilar Murat Gassiev, Dmitriy Bivol, Sulton Ibragimov va Eduard Troyanovskiy murabbiylik qiladi. Ularning shogirdlari kubok uchun beshta vazn toifasida (59 kg gacha, 64 kg gacha, 69 kg gacha, 75 kg gacha, 91 kg dan yuqori) bahslashadilar. Har bir baxs 5 raunddan iborat. Bu jamoaviy bahsda Odiljon Aslonov va Shukurjon Rahimovning ishtiroki ham kutilmoqda. Bokschilarimiz hozirda Moskvada qizg‘in mashg‘ulot olib bormoqda. Hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!

Fikrlar