Ikkinchi bo‘limda kiritilgan gollar "Qo‘qon-1912"ga g‘alaba keltirdi

  • 5 sentabr, 2021, 23:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentda shug‘ullanayotgan Superliga ishtirokchilari nazorat o‘yinlarini o‘tkazishda davom etmoqdalar. Bu safar “Qo‘qon-1912” hamda “Surxon” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

O‘yindagi gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab tanaffusdan keyin zaxiradan maydonga tushgan Andrey Sidorov 47-daqiqada qo‘qonliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 80-daqiqada termizliklar muvozanatni tikladi. 87-daqiqada belgilangan penaltini Anvar Hojimirzaev aniq amalga oshirdi va “Qo‘qon-1912”ning g‘alabasini ta’minladi - 2:1.

Darvoqe, birinchi bo‘lim oxirida "Qo‘qon-1912" futbolchisi Suhrob Berdiev qizil kartochka tufayli maydondan chetlatildi.

kukon2

“Qo‘qon-1912”: Xurshid Xo‘jaev, Asadbek Sobirjonov, Farhod Bekmurodov, Shoxnazar Norbekov, Mo‘min Meliev, Avaz Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Suhrob Berdiev, Iqbol Malikjonov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Islombek Abdullaev, Ilhom Vahobov, Yakuba Bamba, Sardor Azimov, Muhammadanas Hasanov, Anvar Hojimirzaev, Hamidillo Abduhamidov, Andrey Sidorov.

“Surxon”: Rustam Nortojiev, Alisher Salimov, Islomjon Toshpo‘latov, Jahongir Axmadov, Nizomjon Norov, Murodbek Bobojonov, Jasur Xolto‘raev, Nuriddin Hasanov, Behruz Shaydulov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Kamron Saydazimov.

Zaxiradagilar: Azamat Ahmedov, Murodbek To‘ychiboev, Javohir Sohibov, Jasurbek Yoqubov, Zohir Pirimov, Sardor Sulaymonov, Xusniddin G‘ofurov, Abdul Aziz Yusupov, Muhammad-ali Abdurahmonov, Sharafiddin Shobirov, Asror G‘ofurov, Nikita Pavlenko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!