Ikkita xalqaro sovrin yutgan “Chelsi”da katta tozalash boshlandi
Ikki nufuzli turnir – UEFA Konferentsiyalar ligasi va FIFAning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan “Chelsi” yangi mavsum oldidan tarkibini tartibga solishga e’tibor qaratmoqda.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, asosiy tarkib bilan AQShga bormagan bir guruh o‘yinchilar klub bazasida mashg‘ulot o‘tagan. Biroq ular tez orada o‘ziga yangi jamoa topishi talab qilinmoqda.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Entso Mareska jamoada katta tozalashni boshlayapti. Joau Feliks, Benjamin Chiluell, Aksel Disasi, Lesli Ugochukvu, Renatu Veyga, Armando Broya va Alfi Gilkrist kabi mashhur futbolchilar murabbiylar shtabining kelajak rejalariga kiritilgan yo‘q.
Bundan tashqari, “aristokratlar”ga Rahim Sterling va Kristofer Nkunkuning xizmatlari ham kerak bo‘lmaydi.
Ayni paytda “Borussiya Dortmund” yarim himoyachi Karni Chukvuemekuni olish harakatlarin boshlagan va londonliklar bu o‘yinchini to‘liq sotib yuborishini bildirmoqda.
“Chelsi” rahbariyati uzoq yillik shartnomaga ega bo‘lgan Nikolas Jeksonni ham sotilmaydigan futbolchilar ro‘yxatidan chiqardi.
Bundan tashqari, klub himoyachi Ishe Semyuels-Smitni “Strasbur”ga 8 million funt evaziga qo‘yib yuboradigan bo‘ldi. Yarim himoyachi Kendri Paes, himoyachi Aaron Anselmino va darvozabon Mayk Penders yangi mavsumda “Strasbur” klubiga ijaraga jo‘natiladi.
Fikrlar