Ilhom Mo‘minjonov jamoasi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi
“Neftchi” matbuot xizmatining xabar berishicha, Ilhom Mo‘minjonov boshqaruvidagi jamoa kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar jarayonida qatnashmoqda.
Ta’kidlash joizki, murabbiylar shtabi tayyorgarlik rejasiga nazorat-sinov uchrashuvlarini ham kiritishgan bo‘lib, dastlabki o‘rtoqlik o‘yini 10 iyun sanasiga rejalashtirilgan.
Shu kuni “Neftchi” Quvasoy shahriga safar uyushtirib, mahalliy "Tsementchi" klubi bilan kuch sinashadi. Bellashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar