Iliya Topuriya: "Islom Maxachevning qochgani uchun yana kimdir tovon to‘laydi"

  • 10.03.2026 20:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya Oq Uyda o‘rta vazn chempioni Islom Maxachev bilan jang rejalashtirilgani, biroq keyin barchasi o‘zgarib ketganini ta’kidladi.

"Islom yana bahona o‘ylab topdi. Bu safar jarohat unga pand berganmish. Ochig‘i, men Oq Uyda jang qilishimni avvaldan bilardim. Hatto bir paytlar UFC bu turnirda menga ishonmasligini aytganda ham, muzokaralar o‘tishini sezardim. Nihoyat, ular menga Oq Uydagi oqshom kardidan o‘rin berishdi va raqibim sifatida, dastlab, Maxachevni tilga olishdi. Men esa bunga bir soniya ham ikkilanmay rozi bo‘ldim. Jang hali rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, Oq Uy kardi ertasi kuni e’lon qilinishi kerak edi. Biroq uyg‘onganimda Islomning jarohat olganini bildim. Keyin Jastin Getji nomi paydo bo‘ldi. Nima ham derdim, Islomning qochgani uchun yana kimdir tovon to‘laydi. Jastin, Oq Uyda ko‘rishamiz. Xavotir olma, ko‘z ochib-yumguningcha seni nokaut qilaman", – dedi Iliya.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya va Getji o‘rtasidagi bahs 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!