
Ilk bor O‘zbekiston Kubogini yutgan "Andijon"ning 2024 yildagi statistik raqamlari qanday?
Joriy yilgi chempionat yakunlariga ko‘ra, statistik raqamlarning sarhisob qilinishi odatiy holat. Bu esa jamoalarning mavsumni qanday o‘tkazganini ko‘rsatib beradi.
O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan “Andijon” Superliga yakunlariga ko‘ra, 26 o‘yinda 6 g‘alaba, 12 durang va 8 mag‘lubiyat qayd etib, 30 ochko bilan 9-o‘rinni band qildi. To‘plar nisbati mutlaq teng: 36 ta gol urgan va 36 ta to‘p olib chiqqan.
Superliga-2024
“Andijon”: 9-o‘rin
O‘ Yu D M T-N O
26 6 12 8 36-36 30
“Andijon” o‘z uyida: 10-o‘rin
O‘ Yu D M T-N O
13 4 4 5 20-15 16
“Andijon” safarda: 10-o‘rin
O‘ Yu D M T-N O
13 2 8 3 16-21 14
O‘zbekiston chempionatining umumiy jadvalida esa “Burgutlar” 43 ta jamoa orasida 8-pog‘onada. Joriy yil yakunlaridan so‘ng “Andijon” O‘zbekiston chempionati jami 819 ta o‘yin o‘tkazdi. Shundan 257 tasida g‘alaba qozongan. 177 ta uchrashuvda durang qayd etilgan bo‘lsa, 385 bahsda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbatiga kelsak, 1069 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 1320 ta to‘p o‘tkazgan. Umumiy ochkosi 948 tani tashkil qilyapti.
Yuqoridagi jadvalga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz, “Andijon” bu yilgi chempionatda uyda ham, safarda ham 10-o‘rinni oldi. “Bobur arena”da 4 ta, mehmonda esa 2 ta g‘alaba qo‘lga kiritildi.
“Andijon”ning ushbu mavsumdagi barcha natijalari
Chempionat va Kubok bahslarida hammasi bo‘lib, “Andijon” 4 marotaba yirik hisobda g‘alaba qozondi. Eng yirik hisobdagi g‘alaba “Bunyodkor” ustidan qozonilgan g‘alaba – 5:1. 1 marta yirik hisobda yutqazdi. Qarshida “Nasaf”ga 3:0 hisobida imkoniyat boy berilgan. Eng ko‘p takrorlagan natija 0:0 bo‘lib, “Andijon”ning 6 ta uchrashuvida darvozalar daxlsiz qolgan.
0:0 - 6 marta; 2:3 - 4 marta; 1:1 - 4 marta; 3:0 – 3 marta; 1:0 – 2 marta; 1:2 - 2 marta; 0:1 - 2 marta; 2:2 - 2 marta; 3:3 – 2 marta; 2:1 - 1 marta; 5:1 - 1 marta; 0:3 – 1 marta; 1:3 – 1 marta; 3:1 – 1 marta va 2:0 – 1 marta qayd etilgan.
Superliga
1- tur. OKMK – “Andijon” – 0:0
2-tur. “Andijon” – “Bunyodkor” – 5:1
3-tur. “Surxon” – “Andijon” – 2:3
4-tur. “Andijon” – “Nasaf” – 1:1
5-tur. “Lokomotiv” – “Andijon” – 1:2
6-tur. “Andijon” – “So‘g‘diyona” – 0:1
7-tur. “Neftchi” – “Andijon” – 2:2
8-tur. “Andijon” – “Metallurg” – 1:1
9-tur. “Olimpik” – “Andijon” – 0:0
10-tur. “Andijon” – “Paxtakor” – 1:3
11-tur. “Qizilqum” – “Andijon” – 3:3
12-tur. “Dinamo” – “Andijon” – 1:1
13-tur. “Andijon” – “Navbahor” – 3:0
14-tur. “Andijon” – OKMK – 2:3
15-tur. “Bunyodkor” – “Andijon” - 2:0
16-tur. “Andijon” – “Surxon” – 2:3
17-tur. “Nasaf” – “Andijon” - 3:0
18-tur. “Andijon” – “Lokomotiv” – 1:2
19-tur. “So‘g‘diyona” – “Andijon” – 1:1
20-tur. “Andijon” – “Neftchi” – 0:0
21-tur. “Metallurg” – “Andijon” – 0:0
22-tur. “Andijon” – “Olimpik” - 1:0
23-tur. “Paxtakor” – “Andijon” – 3:1
24-tur. “Andijon” – “Qizilqum” – 0:0
25-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 3:0
26-tur. “Navbahor” – “Andijon” – 3:3
O‘zbekiston Kubogi
1-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 2:2
2-tur. “Navbahor” – “Andijon” – 2:1
3-tur. “Andijon” – “Nasaf” – 1:0
1/8 final. “Olimpik” – “Andijon” – 0:1
1\4 final. “Qizilqum” – “Andijon” – 0:3
1\2 final. “Andijon” – “Surxon” – 0:0. Pen.b: 5:4
Final. “Navbahor” – “Andijon” – 2:3
Fikrlar