
Ilkay Gyundogan yana "shaharlik"!
O‘tgan mavsumni "Barselona"da o‘tkazgan Ilkay Gyundogan "Manchester Siti" safiga erkin agent sifatida qaytdi. Bu haqda "shaharliklar" o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qildi.
Germaniyalik futbolchi kataloniyaliklarning qiyin moliyaviy holatida klubga yordam berish uchun jamoani tark etganini ta’kidlab o‘tdi. Uning ketishi "Barselona"da maosh limiti qisqarishiga yordam beradi.
Ta’kidlash kerak, Ilkay 2016-2023 yillar oralig‘ida Manchester klubi sharafini himoya qilib, "ko‘k-anorranglilar" safiga erkin agent sifatida yo‘l olgandi.
Fikrlar