Indzagi "Inter"dagi kelajagi haqida gapirdi

  • 22 may, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi o‘zining klubdagi kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Neradzurrilar” Chempionlar ligasi finaliga chiqqanidan so‘ng klub prezidenti Stiven Chjan Indzagi yozda hech qayoqqa ketmasligini aytgan edi.

“Inter” menga ishonayotganidan juda xursandman, ammo bu mavsum hali yakuniga etmadi - oldinda ikkita final bor. Ulardan biri tez orada bo‘lib o‘tadi. Bu bizning ikki yil ichida beshinchi finalimiz bo‘ladi, bu albatta jamoaning o‘sishiga yordam beradi. Men hali klub bilan kelajagimni muhokama qilganim yo‘q”, - dedi Indzagi kecha “Napoli”dan (1:3) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng.

24 may kuni "Inter" "Fiorentina" bilan Italiya kubogi finalida o‘ynaydi. 10 iyun kuni esa "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!