Indzagi sobiq shogirdini "Inter"da ko‘rmoqchi
Milanning "Inter" klubi "Latsio"ning argentinalik yarim himoyachisi Xoakin Korreani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “neradzurrilar” 26 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi tarkibda ko‘rishni xohlamoqda.
Aytish kerakki Indzagi bundan avval bir necha mavsum "Latsio"ni boshqargan va Korreaning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Xoakin Korrea o‘tgan mavsum "Latsio" safida jami 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar