
Inesta "Barselona"dan nega ketganini aytdi
Faoliyatini Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida davom ettirayotgan yarim himoyachi Andres Inesta "Barselona"dan ketganiga afsuslanmasligini aytdi.
“Men “Barselona”dan ketganimga afsuslanmayman. Agar kuchim etishini bilganimda “Barselona”da o‘ynashda davom etardim. Afsuski, mening kataloniyaliklar safidagi vaqtim tugagandi. Endi men boshqa jamoadaman va bundan zavqlanyapman”, - deydi 35 yoshli ispaniyalik futbol yulduzi.
Ma’lumot uchun, Inesta asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yilda “Vissel Kobe”ga ko‘chib o‘tdi. Uning yapon klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilning 31 yanvariga qadar imzolangan.
Fikrlar