
Inesta Messi boshchiligidagi “Barselona”ni tanqid qildi
“Barselona”ning sobiq sardori Andres Inesta Kataloniya klubi o‘z tarkibida Lionel Messidek futbolchi bo‘lishiga qaramay, salohiyatidan to‘liq foydalana olmayotganini tanqid qildi.
- Agentinada zo‘r futbolchilar bor, jamoa ulardan tuzilgan, tarkibda dunyoning eng kuchli futbolchisi o‘ynaydi. Lekin ular yuksak natijalarga erishmagan. Bunga 2014 yilgi jahon chempionati finalini misol qilish mumkin. Messining Kataloniyada uzoq yillardan buyon o‘ynayotganini inobatga olib aytsak, “Barselona” ham Argentinaga o‘xshab qoldi. Bunaqa kuchli jamoa bilan Chempionlar ligasi kabi ko‘plab turnirlarni yutish kerak edi, - dedi Inesta.
Inesta 2002-2018 yillar davomida “Barselona”da to‘p surganidan keyin Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasiga o‘tib ketgandi.
Fikrlar