Inigo Martines "Barsa" safidagi "Real"ga qarshi o‘yinlari haqida gapirdi

  • 03.09.2025 02:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Saudiyaning "An-Nasr" klubi himoyachisi Inigo Martines sobiq jamoasi "Barselona"da o‘tgan mavsumdagi "Real"ga qarshi uchrashuvlarini yodga oldi.

"O‘tgan mavsumda madridliklarga qarshi barcha to‘rtta uchrashuvda g‘alaba qozondik. "Real" faqat bizga hurmat bilan qarardi. Buni maydonda his qilish mumkin edi.

Maydonga tushishimiz bilanyoq, ikki-uch vaziyatdan so‘ng ularning yuzlaridan ojizlik ko‘rinib qolardi. Biz buni his qilardik va aynan shuning uchun ham g‘alaba qozondik", — deya ta’rif berib o‘tdi kataloniyaliklarning sobiq futbolchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!