"Inter" 36 yoshli Xandanovich bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
"Inter" rahbariyati jamoaning sloveniyalik darvozaboni Samir Xandanovich bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “neradzurrilar” 36 yoshli posbon bilan shartnomaning asosiy bandlarini kelishib olgan. Tomonlar ayni damda muzokaralarning so‘nggi bosqichida.
Yangi kelishuvga ko‘ra, Xandanovich “Inter” bilan 2023 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekadi. Uning amaldagi kelishuvi esa 2022 yilga qadar tuzilgan.
Xandanovich “Inter” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 352 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 381 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar