"Inter" Argentina terma jamoasi hujumchisi uchun kurash boshladi

  • 04.06.2020 17:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” klubi “San-Lorenso” forvardi Adolfo Gaycha uchun asosiy xaridor hisoblanadi.

Xabarlarga qaraganda, Argentina terma jamoasi hujumchisining shartnomasiga ko‘ra tovon puli 15 mln dollarni tashkil etadi. “San-Lorenso” esa 21 yoshli futbolchini shu pulga sotishga tayyor. Uning uchun esa “neradzurrilar”dan tashqari Moskvaning TsSKA klubi ham kurash olib bormoqda.

Gaycha joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “San-Lorenso” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!