"Inter" "Atletiko"ning taklifini mensimadi

  • 02.08.2021 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" klubi rahbariyati "Atletiko"ning argentinalik hujumchi Lautaro Martines borasidagi taklifini rad etdi. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, madridliklar Lautaro uchun 50 million evro taklif qilishgan, ammo "neradzurrilar" ushbu summani kam deb hisoblashgan.

“Inter” Martinesni 90 million evroga sotishni rejalashtirmoqda.

Lautaro Martines o‘tgan mavsum "Inter"da 48 ta o‘yin o‘tkazdi va 19 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!