"Inter" "Barselona"ning Bastoni bo‘yicha taklifini kulgili deb baholadi

  • 08.04.2026 23:53
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Inter" klubi "Barselona" tomonidan himoyachi Alessandro Bastoni transferi uchun berilgan taklifga jiddiy qarama-di.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar 25 yoshli italyan futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilgan. Biroq milanliklar bu summani mutlaqo yetarli emas deb hisoblab, uni "kulgili" darajada past baholashdi.

Qayd etilishicha, "Inter" rahbariyati Bastonini jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘radi va uning transfer qiymatini ancha yuqori deb hisoblaydi. Shu sababli, "ko‘k-anorranglilar" uchun ushbu transferni amalga oshirish kutilgandan ham murakkab bo‘lishi mumkin.

Manbada ta'kidlanishicha, kataloniya klubi muzokaralarni davom ettirish niyatida, biroq kelishuvga erishish uchun taklifni sezilarli darajada yaxshilashi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!