"Inter" Eriksen masalasida "Tottenxem"ga so‘nggi taklifini yubordi

  • 20.01.2020 17:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen transferi masalasida "Tottenxem"ga so‘nggi taklifini yubordi.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "neradzurrilar" 27 yoshli futbolchi uchun londonliklarga 15 mln evro taklif qilishgan. Endi “Tottenxem” rahbariyati ushbu taklifni o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Eriksenning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. U ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!