
"Inter" Eriksenni nega sotib yubormoqchiligi ma’lum bo‘ldi
"Inter" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachi Kristian Eriksenning transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Football Italia tarqatgan xabarga qaraganda, A Seriyaning amaldagi chempioni 29 yoshli daniyalik futbolchining transferini to‘liq sotib yubormoqchi. Gap shundaki, Italiya qonunchiligiga ko‘ra, Eriksenning yuragiga kardioverter-defibrillyator o‘rnatilgandan so‘ng unga mashg‘ulotlarda qatnashish va futbol o‘ynash taqiqlandi. “Neradzurrilar” futbolchiga boshqa mamlakat jamoasida faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yozida o‘tkazilgan "Evro-2020" doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘yin davomida Eriksenning yuragi to‘xtab qolgandi. O‘shandan beri u maydonga tushmadi.
Fikrlar