“Inter” futbolchisi APL grandiga o‘tishni istamoqda
Milanning "Inter" klubi gollandiyalik himoyachisi Denzel Dyumfris Angliya Premer ligasiga o‘tishni istamoqda. Bu haqda “La Repubblica” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi "Chelsi"ga sharafini himoya qilishga tayyor. Boisi, fulbekning xizmatlariga “aristokratlar” qiziqish bildirmoqda va London klubi yaqin kunlarda “neradzurrilar” bilan muzokara olib borishadi.
26 yoshli futbolchi 25 million evroga baholangan. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Himoyachi o‘tgan mavsum A Seriya doirasidagi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar