
"Inter" futbolchisi mavsumni APLda davom ettirishi mumkin
“Inter” yarim himoyachisi Matias Vesino qishki transferlar davrida APLga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 30 yoshli urugvaylik futbolchiga “Lester” va “Nyukasl” klublaridan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Vesinoning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan. U joriy mavsum A Seriyada 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar