"Inter" Hakimi o‘rniga 3 ta nomzod topib qo‘ydi

  • 25 iyun, 2021, 19:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi rahbariyati shu yoz jamoadan ketishi kutilayotgan o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiga o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, marokashlik futbolchiga "Chelsi" va PSJdan jiddiy takliflar bor. "Neradzurrilar" uning o‘rniga 3 ta nomzodni ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.

Aniqrog‘i, “Inter”ning short-listida Davide Dzappakosta ("Chelsi"), Ektor Belerin ("Arsenal") va Manuel Ladzari ("Latsio") bor. Bundan avvalroq PSV himoyachisi Denzel Dumfris ham milanliklarning qiziqishlar doirasiga kirib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Inter” o‘tgan mavsum A Seriyada chempionlikni qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!