"Inter" hujumchisi yozda APL klubiga o‘tishni rejalashtirmoqda

  • 23.03.2026 17:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Markus Tyuram yozgi transfer oynasida "Inter"ni tark etishi mumkin. Bu haqida "FC Inter News" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirgan, ammo 28 yoshli hujumchi Angliya Premier-ligasiga o‘tishni ustuvor deb bilmoqda.

Aytilishicha, Tyuram bilan allaqachon &quot>Aston Villa" va "Nyukasl" klublari aloqaga chiqqan.

Joriy mavsumda fransuz hujumchisi barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 60 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!