"Inter" ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
A Seriya 11-turida Milanning "Inter" jamoasi o‘z maydonida "Udineze"ni qabul qildi.
Mazkur bellashuvda maydon egalari Korreaning gollari evaziga 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu natijadan so‘ng "neradzurrilar" Italiya chempionati turnir jadvalida 24 ochko to‘plagan holda, 3-o‘rinni mustahkamlab oldi. 11 ochkosi bor "Udineze" ayni damda 14-pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar