"Inter" va "Yuventus" Marseloni sotib olish fikridan nega qaytdi?
«Inter» va «Yuventus» klublari «Real» himoyachisi Marseloga qiziqish bildirgan edi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 32 yoshli braziliyalik futbolchi ham Italiyaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgan, ammo A Seriya klublari Marseloning maosh masalasidagi talabini bilgach, uni sotib olish fikridan qaytdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u yiliga 8 mln evro maosh olishni xohlagan.
Marselo “Real” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 509 ta o‘yinda maydonga tushdi va 38 ta gol hamda 98 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar