"Inter" van de Bek uchun ortiq kurashmaydi

  • 08.12.2019 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" klubi "Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek uchun kurashdan chiqdi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 22 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun Amsterdam klubi so‘rayotgan mablag‘ni berishmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, van de Bek uchun shuningdek “Real” Madrid klubi asosiy da’vogar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, van de Bek joriy mavsum “Ayaks” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!